Chilida tartibsizliklar (video)
Chilida uch yil oldingi ommaviy namoyishlarga bag‘ishlab o‘tkazilgan namoyishlar tartibsizliklarga aylanib ketdi, oqibatda 30 ga yaqin odam jarohatlandi.
Poytaxt Santyagoda namoyishchilar politsiya mashinalarini toshbo‘ron qilishdi, ular esa javoban ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlar qo‘llashdi.
2019-yilgi namoyishlarda sog‘liqni saqlash va ta’lim sifatini, pensiya va ish haqlarini, boylar uchun soliqlarni oshirish talab qilingandi. O‘shanda politsiya bilan to‘qnashuvlarda 33 kishi halok bo‘lgan, 400 dan ortiq odam jarohatlangandi. Qolaversa, politsiya ta’qiblari ustidan 3 mingdan ziyod shikoyat kelib tushgandi.
2019-yilgi namoyishlar natijasida konstitutsiyani yangilash darajasigacha yetishgan, biroq keyin u aksariyat chililiklar tomonidan o‘ta keskinligi uchun rad etilgandi.
Uch yil avvalgi namoyishlar munosabati bilan nutq so‘zlagan mamlakat prezidenti Gabriel Borich namoyishchilarni muloqotga choradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter