Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chigirtka bosqini: vazirlik Qashqadaryodagi ahvol haqida bayonot berdi

Chigirtka bosqini: vazirlik Qashqadaryodagi ahvol haqida bayonot berdi

Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanida chigirtkalar ko‘payib,  katta zarar keltirayotgani bo‘yicha xabar tarqaldi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda “Kitob tumanidagi chigirtka muammosi nega mas’ullar e’tiborini tortmayapti?“ sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilgan: 

Bugungi kunda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Chigirtka va tut parvonasiga qarshi xizmati tomonidan chigirtkaga qarshi kurashish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tarqalgan chigirtka marokash chigirtkasi bo‘lib, havo harorati 10 darajadan yuqori bo‘lganda tuxumidan yorib chiqadi.

«Marokash» chigirtkalarining mahalliy chigirtkalardan farqi shundaki, ular yo‘lida uchragan, ko‘karib chiqqan har qanday o‘simlikni nobud qiladi. Shu bois qishloq xo‘jaligining barcha ekinlariga jiddiy zarar yetkazadi.

Xususan, joriy yil respublikada zararli chigirtkalarning 574,8 gektar maydonda kimyoviy ishlov o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, Qashqadaryo viloyatidagi ushbu maydon hajmi 115 ming gektarni tashkil etadi. Bugungi kunda 31,9 ming gektar (Kitob tumanining o‘zida 340 gektar) yerda zararli chigirtkalarga qarshi kimyoviy ishlovlar o‘tkazildi.

Aniqlanishicha, ushbu holat bo‘yicha viloyatda birorta joy qizil hududga o‘tmagan. Chigirtkalar aniqlangan joylar qishloq xo‘jalik ekinlari ekilgan hududdan ancha olisda ekanligi va xavotirlanishga hojat yo‘qligini ma’lum qilamiz. Ammo hozirdan bartaraf etish choralari ko‘rilmasa, ertaga katta talafot olib kelishi mumkin. Boisi bitta «Marokash» chigirtkasi o‘zidan 150-160 tagacha nasl qoldirish qobiliyatiga ega. Bu esa kelasi yil uchun katta xavf bo‘lishi tayin. Chigirtkaning yana bir xavfli jihati u shamolga qarshi harakatlanib, 300 kilometrgacha bo‘lgan masofani bosib o‘tish imkoniga ega, deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring