Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarning uchdan ikki qismi Toshkentda faoliyat yuritmoqda
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024-yilning 1-may holatiga, chet el investitsiyalari ishtirokida 14 478 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning qariyb 10 mingga yaqini Toshkent shahrida joylashgan.
Ularning hududlar kesimidagi soni quyidagicha:
Toshkent shahrida – 9 436 ta
Toshkent viloyatida – 1 629 ta
Samarqand viloyatida – 585 ta
Farg‘ona viloyatida – 496 ta
Buxoro viloyatida – 349 ta
Surxondaryo viloyatida – 345 ta
Andijon viloyatida – 335 ta
Navoiy viloyatida – 229 ta
Namangan viloyatida – 218 ta
Sirdaryo viloyatida – 213 ta
Jizzax viloyatida – 181 ta
Qoraqalpog‘iston Resp. – 181 ta
Qashqadaryo viloyatida – 152 ta
Xorazm viloyatida – 129 ta
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter