Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chet el fuqaroligi: qayerda qanchaga sotilmoqda?

Chet el fuqaroligi: qayerda qanchaga sotilmoqda?

Foto: «Offshorewealth.info»

«Bloomberg» agentligi iqtisodiyotiga sarmoya kiritish orqali fuqaroligini olish mumkin bo‘lgan mamlakatlar reytingini e’lon qildi.

Ro‘yxatga 10 ta mamlakat kiritilgan bo‘lib, ulardan sakkiztasi, Xalqaro valyuta jamg‘armasi tasnifi bo‘yicha, ofshor zonalar sanaladi. Biroq biznes vakillarini fuqarolikni sotib olishga undayotgan sabablar butunlay boshqa.

«Agarda sizning yaxtangiz va ikkita samolyotingiz bo‘lsa, unda Malta pasportiga ham ega bo‘ling. Bu mavqeingizni belgilovchi so‘nggi ramz. Bizda ularni shunchaki ermakka yig‘uvchi mjozlar ham», — deydi fuqarolik bo‘yicha maslahat xizmati ko‘rsatuvchi  «Henley & Partners» kompaniyasi rahbari Kristian Kelin.

«Eng qimmat fuqarolik» — Avstriyaniki. Bu mamlakat pasportini olish uchun uning iqtisodiyotiga 23,75 million dollar sarmoya kiritishga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi o‘rinda — Kipr (2,375 mln. dollar). Malta fuqaroligi 1,065 mln., Turkiya fuqaroligi 1 mln. dollar turadi.

Eng arzon fuqarolik esa Sent-Lyusiya, Dominika, Antigua va Barbudaniki — 100 ming dollar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring