Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chernobil AESning sobiq rahbari vafot etdi

Chernobil AESning sobiq rahbari vafot etdi

Kecha, 13 oktyabr kuni Chernobil AESning sobiq rahbari, Toshkentda tug‘ilgan Viktor Bryuxanov 85 yoshida vafot etdi. Bu haqda AES matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bryuxanov Chernobil AESning ilk rahbari hisoblanadi. U 1970-86 yillarda AESga direktorlik qilgan. O‘limining sababi hozircha ochiqlanmagan.

U 1935 yil 1 dekabrda Toshkentda tug‘ilgan. 1959 yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan va Angren TESda ish boshlagan. 1966 yilda Ukrainaga ishga taklif qilingan va ko‘chib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, 1986 yilda AES tarixidagi eng katta portlash aynan Chernobilda sodir bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring