Sodiq Xon g‘azabda: Cherchillning Londondagi haykaliga yozib ketishdi
Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Uinston Cherchillning Londonda o‘rnatilgan haykaliga zarar yetkazildi. Bir ekofaolni qo‘lga olgan politsiya gumoniga ko‘ra, haykal fundamentiga sariq bo‘yoqda «irqchi» so‘zini yozib ketgan shaxs aynan shu.
«Guardian» yozishicha, London meri Sodiq Xon bo‘lib o‘tgan voqeani «dahshatli shafqatsizlik» deb atadi. U «Twitter»da yozishicha, bunday xatti-harakatlarga toqat qilib bo‘lmaydi, voqea jiddiy o‘rganiladi.
Tez orada haykal poyidagi yozuvlar yuvib tashlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, qo‘lga olingan odam «Extinction Rebellion» ekoharakati a’zosi. Parlamentdan tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha qonunni yangilashni talab qilayotgan ushbu uyushma sentyabr oyida aksiyalar o‘tkazishini bildirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter