Chegaradan yashirincha olib o‘tilayotgan «Makarov» to‘pponchasi fosh qilindi
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi «G‘ishtko‘prik» chegara bojxona posti orqali noqonuniy ravishda olib kirishga urinilgan qurol to‘xtatib qolindi.
Bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, chegara postiga kirib kelgan avtotransport vositasi bojxona xodimlari tomonidan belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tkazilganida avtomobil yukxonasida bojxona nazoratidan yashirilgan 1 dona «Makarov» rusumli to‘pponcha, 2 dona tig‘li sovuq qurol, turli xil harbiy anjomlar hamda 3 dona polietilen paketda quritilgan giyohlar borligi aniqlangan.
«Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda», – deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, «Qurol to‘g‘risida»gi qonun talablariga muvofiq fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston hududiga olib kirish, olib chiqish hamda tranzit ravishda olib o‘tish tegishli organlar ruxsatnomalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter