ChatGPT bir kunda 50 ming dollarlik elektr yoqadi
Sun’iy intellekt tizimlarini yaratishda juda muhim o‘rinni o‘quv jarayoni, ya’ni hisob-kitoblar egallaydi. Bu juda ko‘plab ishlab chiqarish uskunalari va vaqt talab etiladigan jarayon. Hammayoqda shov-shuv ko‘tarishga ulgurgan ChatGPT singari modelni yaratish uchun qancha pul kerak?
Guosheng Securities hisoblashicha, GPT-3 tabiiy tiliga ishlov berish modelini yaratish uchun taxminan 1,4 million dollar kerak. Yanada kattaroq model uchun sarflanajak pullar 2 mln dollardan boshlanadi.
Aynan ChatGPT misolida ko‘riladigan bo‘lsa, barcha foydalanuvchilarning so‘rovlariga ishlov berish uchun NVIDIA A100 grafik protsessorlaridan 30 mingtadan ko‘prog‘i kerak bo‘ladi. Shuncha qurilmani ishlatish uchun kuniga elektr energiyasining o‘ziga 50 ming dollargacha sarflanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter