«Charity and Donation»: yon-atrofga e’tiborli bo‘lish qiyin emas
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari «Charity and Donation» nomli xayriya aksiyasini tashkil qildilar.
«Loyihadan ko‘zlangan maqsad yoshlarda boshqalarga nisbatan e’tiborli va xayrixoh bo‘lish, alohida ehtiyojga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek bunday yoshlarga hayotda o‘z o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashishdan iborat», deyiladi vazirlik Axborot xizmati xabarida.
Aksiya ishtirokchilari Toshkent shahridagi mehribonlik uylaridan biriga tashrif buyurdilar. Talabalar va o‘quvchilar mehribonlik uyidagi alohida ehtiyojga muhtoj tarbiyalanuvchilari uchun qiziqarli dastur asosida qog‘ozdan turli shakllar yasash, applikatsiyalar tayyorlash bo‘yicha mahorat darslarini o‘tkazdilar. Shuningdek, tashkilotchi yoshlar bolalar uchun rang-barang kiyimlarning teatrlashgan shousini namoyish qildilar.
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga qo‘l barmoqlarining nozik harakatlarini rivojlantiradigan turli materiallar taqdim qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter