Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Chang puli» haqida eshitganmisiz: u kimlarga to‘lab beriladi?

«Chang puli» haqida eshitganmisiz: u kimlarga to‘lab beriladi?

O‘zbekiston mehnat qonunchiligida ayrim soha xodimlari uchun, xalq tili bilan aytganda, «chang puli» to‘lab berilishi kerakligi haqida bilasizmi? U kimlarga to‘lab beriladi?

Quyida ushbu savolga Xabar.uz eksperti TDYuU Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonov javob bergan.

Xalq ta’limi muassasalarida kutubxona faoliyati bilan bevosita ishlovchilarga eski kitoblar fondi bilan ishlaganliklari uchun, xalq tili bilan aytganda, qo‘shimcha «chang puli» to‘lab berilishi kerak.

Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentyabrdagi 490-son qaroriga 1-ilova «Xalq ta’limi muassasalarining qo‘shimcha haq to‘lanadigan xodimlarining lavozimlari ro‘yxati, qo‘shimcha haqning turlari va miqdorlari»ning 23-bandiga ko‘ra, maktablar, barcha tur va nomdagi maktab-internatlar kutubxonachilariga yoki boshqa xodimlarga darsliklarning kutubxona fondi bilan shug‘ullanganliklari uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3,6 foizi (35 ming 280 so‘m) miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Keyingi har bir 1500 nusxa darsliklar uchun 5 foiz, biroq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10,6 foizidan miqdorda ko‘p bo‘lmagan qo‘shimcha haq to‘lanadi. 

Lekin, afsuski, amaliyotda «chang puli» faqat xalq ta’limi muassasalaridagi kutubxonachilargagina to‘lab beriladi. Masalan, oliy yoki professional ta’lim tizimidagi kutubxonachilar uchun bu tartib amal qilmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring