Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Carrefour» supermarketlar tarmog‘i xayriya ishlariga qo‘l urmoqda

«Carrefour» supermarketlar tarmog‘i xayriya ishlariga qo‘l urmoqda

«Majid Al Futtaim» egalik qiladigan va boshqadigan «Carrefour» o‘zining 2021-yilgi «Birgalikda baham ko‘ramiz» shiori ostida Ramazon kampaniyasini amalga oshirmoqda.

Xayriya marafoni «Carrefour» supermarketida boshlandi va Toshkent shahri bo‘ylab davom etdi. Supermarket kommunikatsiya va marketing menedjeri Dilfuza Ruzmetovaning aytishicha, tashkilotchilar 100 quti ramazon tuhfalarini ulashishni rejalashtirishgan.

Mazkur Ramazon kampaniyasi doirasida «Carrefour Uzbekistan» «Ezgu Amal» xayriya fondi bilan hamkorlikda yordamini ko‘rsatmoqda. Kam ta’minlangan oilalari, imkoniyati cheklangan insonlar xayriya marafonida qamrab olingan bo‘lib, ularga eng zarur maxsulotlardan iborat Ramazon qutisi tuhfa etildi.

Bugungi kunda «Majid Al Futtaim» 17 mamlakatda 350 dan ortiq «Carrefour» do‘konlarini boshqaradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring