9 yoshli yigitcha sochini birinchi marta kestirdi: uni og‘ir bemorlarga sovg‘a qilmoqchi
Angliyada shu paytgacha biror marta ham sochini oldirmagan Reyli Stenkomba ismli 9 yoshli o‘g‘il bola hayriya uchun bunga rozi bo‘ldi. Bu haqda «The Sun» xabar berdi.
Yigitcha Esseks grafligi Litl-Klakton shahrida istiqomat qiladi. U bolaligidan dunyoga mashhur futbolchi Garet Beylning uzun sochlariga ishqiboz.
Biroq endi saraton bilan kasallangan bolalarga yasama soch tayyorlash uchun sariq sochlarini kestirishga qaror qildi.
Reyli, shuningdek, «Little Princess Trust» hayriya tashkiloti uchun 3000 funt sterling to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. U sochini oldirayotganda sartaroshdan qo‘rqib ketganini tan oldi. Biroq uning bu ishi ko‘pgina odamlarni baxtiyor qilishidan umidi katta.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter