BYD Xitoyning eng sifatli avtomobillari reytingida 26-o‘rinni egalladi

Xitoyda 2024-yilda sotilgan eng sifatli avtomobillar aniqlandi. Reyting avtomobillar sifatini baholovchi tarmoq tomonidan tuzildi.
Eng kam tanqidga uchragan, buzilishlar va nuqsonlar oz kuzatilgan avtomobillar yuqori o‘rinlarni egalladi. Ya’ni o‘ziga xos jarima ballari mashinalarning sifatni belgilab berdi: ball qancha kam bo‘lsa — mashina shuncha sifatli.
Sifat reytingi peshqadami — 153 jarima bahosi to‘plagan premium brend Voyah (Dongfeng davlat konserni mahsuloti).

Foto: Voyah
Ikkinchi — Dongfeng Honda avtomobillari (156 ball), uchinchi — Volvo (157). To‘rtinchi o‘rinni GAC Hyptec (158), beshinchi o‘rinni Great Wallga tegishli Wey (160) premium brendi egalladi.
Eng sifatli mashinalar (top-10) ro‘yxatiga, shuningdek, GAC Trumpchi (161 ball), GAC Aion (162 ball), Jetta (163 ball), Changan Nevo (167 ballv) va YangWang (170 ball) kiritildi.
Teslaning bevosita raqibi va Xitoyning eng mashhur avtobrendi BYD atigi 26-o‘rinni egalladi (jarima bahosi — 191).
Bizda ancha tanilib qolgan Chery, Haval, Geely va Changan kabi brendlar ham uncha yaxshi baho olmadi. Chery — 51-o‘rinda (jarima bahosi — 224), Haval — 42-o‘rinda (210 ball), Geely — 27-o‘rinda (192 ball), Changan — 30-o‘rinda (194 ball).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter