Sobiq futbolchi shahar hokimi etib saylandi
Kot-d’Ivuar terma jamoasi va «PSJ»ning sobiq hujumchisi Bonavantyur Kalu Vavua shahrining hokimi etib saylandi.
Saylovdagi g‘alabasi haqida u o‘zining «Facebook»dagi sahifasida xabar qilgan. O‘z postida u raqiblarining qing‘ir ishlari haqida ham fikr bildirgan.
«Bu iflos siyosatni o‘zgartirish vaqti keldi. Endi yangi qarashlar kerak. Men o‘z g‘alabamdan faxrlanaman. Har kim o‘z tanlovini amalga oshirishga haqli edi. Ammo menga tahdidlar ham qilishdi, saylovoldi kurashdan chiqishni taklif etishdi», — deb yozgan Kalu.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter