Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buyuk Britaniyada radioto‘lqinli yangi qurol sinovdan o‘tdi

Buyuk Britaniyada radioto‘lqinli yangi qurol sinovdan o‘tdi

Foto: Gov.uk

Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi radioto‘lqinli yangi qurol sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgani haqida bayonot berdi.

Yangi qurol dronlarga qarshi ishlab chiqilgan. Hukumat saytida e’lon qilingan xabarda aytilishicha, urushlar qiyofasini o‘zgartirayotgan uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalar hujum qilganida radioto‘lqinli qurol ishonchli qalqon bo‘la oladi.

Ochiqlangan hujjatga ko‘ra, ushbu qurol tizimining namoyish modeli yo‘naltirilgan energiyali radiochastota quroli (RF DEW) bo‘lib, bir paytda bir nechta nishonni «deyarli lahzalarda» yo‘q qilish qobiliyatini ko‘rsatdi.

Loyiha tadqiqotlariga 40 mln funt sterlingdan ko‘proq mablag‘ sarflangan. Namoyish modeli Thales (Fransiya) mudofaa kompaniyasining britan sho‘’basi boshchiligida sanoat konsorsiumi tomonidan ishlab chiqilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring