Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buyuk Britaniyada itlar uchun telekanal ochiladi

Buyuk Britaniyada itlar uchun telekanal ochiladi

Foto: «Wikipet.ru»

Buyuk Britaniyada it egalari tez orada uy hayvonlarini uyda qoldirib, ular haqida qayg‘urmasliklari mumkin bo‘ladi. Mamlakatda faqat itlar uchun dasturlar ko‘rsatuvchi DogTV telekanali ochiladi.

Kvartirada yolg‘iz qolgan hayvonlar nafaqat egasini sog‘inibgina qolmay, balki ko‘chadan kelayotgan tashqi tovushlar va eshik qo‘ng‘irog‘i tufayli stressni ham boshdan kechirishadi, deb tushuntiradi DogTVning Twitterdagi sahifasida.

Telekanal ikki daqiqadan olti daqiqagacha o‘quv dasturlarini efirga uzatadi. Ular itning yoshi va zotidan qat’i nazar, hamma uchun mos keladi. Ularni ishlab chiqishda zoopsixologlar ishtirok etishgan.

Uy hayvonlarini ko‘pincha boshqa itlar, turli hayvonlar va harakatlanuvchi buyumlardan iborat kadrlar o‘ziga jalb qiladi.

Olimlar avvalroq itlar nima uchun egalari bilan televizor ko‘rishni yaxshi ko‘rishini tushuntirishgan. Ma’lum bo‘lishicha, bu hayvonlar televizordagi tasvirni odamlardan butunlay boshqacha qabul qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring