Buyuk Britaniya va Yevropa ittifoqi Brexitni oxiriga yetkazib qo‘yishdi
Buyuk Britaniya va Yevropa ittifoqi Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishi (Brexit) bo‘yicha barcha rasmiyatchiliklarni yakuniga yetkazdi, deb yozmoqda «Profil»
Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya o‘rtasida tuzilgan ikki tomonlama bitimlar 1-maydan kuchga kirdi.
«Savdo va hamkorlik bitimi tuzilishi Yevroittifoq va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi yangi munosabatlarni, kanalning (La-Mansh nazarda tuilmoqda — tahr.) har ikki tomonida yashovchi fuqarolar hamda biznes manfaatlarini hisobga olgan holda, huquqiy tomondan muvofiqlashtiradi», — dedi YeI Kengashi vakili o‘z bayonotida. Ta’kidlanishicha, Yevropa Buyuk Britaniyani «yaxshi qo‘shni, eski ittifoqchi va muhim hamkor» sifatida qadrlaydi.
Ushbu haftada Yevroparlament Bryusseldagi sho‘’ba sessiyasida mazkur hujjatni yoqlab ovoz bergandi. 29-aprel kuni esa Yevropa ittifoqi Kengashi hujjatni ratifikatsiya qildi. Qirolicha Yelizaveta II 2020-yilning 31-dekabr kuni London va Bryusselning bo‘lg‘usi munosabatlari to‘g‘risidagi qonun loyihasiga doir qirollik sanksiyasini taqdim etgandi.
Bitimning Yevropa parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilinishini Buyuk Britaniyada besh yil avval o‘tkazilgan Yevroittifoqdan chiqish bo‘yicha referendum chog‘i boshlangan uzoq sayohatning tugashi sifatida qabul qilishdi. Shu bilan birga, britaniyaliklar Qo‘shma Qirollik va 27 mamlakatdan iborat Yevroittifoq o‘rtasida ayrim bahsli masalalar hanuz saqlanib qolayotganiga iqror bo‘lishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter