Yelizaveta II: Bugun Buyuk Britaniya qirolichasi 95 yoshini nishonladi (foto)
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 95 yoshga to‘lgani 12-iyun kuni rasman bayram qilindi. Monarxning tavallud kuni an’anaviy tarzda iyun oyining ikkinchi shanbasida nishonlanadi. Barcha bayram tadbirlari ijtimoiy masofa saqlangan holda o‘tkazilgan.
Rasmiy marosim koronavirus sababli qirolicha o‘tgan yilning noyabr oyidan beri yashab kelayotgan Vindzor qasridagi paraddan boshlandi. Marosimda qirolichaga uning amakivachchasi — Kent gersogi, shahzoda Edvard hamrohlik qilgan.
2022-yilning 2-iyunida qirolicha Yelizaveta II tug‘ilgan kuniga qo‘shib, taxtga o‘tirganining 70 yillik yubileyini ham nishonlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter