Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buyuk Britaniya parlamenti bosh vazir Tereza Meyga ultimatum qo‘ydi

Buyuk Britaniya parlamenti bosh vazir Tereza Meyga ultimatum qo‘ydi

Foto:«Roger Annis»

Angliya parlamenti bosh vazir Tereze Meyga «Brexit»dan so‘ng Yevropa ittifoqi bilan «bojxona hamkorligi»ni rad etishni talab qilib ultimatum qo‘ydi. Bu haqda «BBC» xabar bermoqda. 

Deputatlar «Brexit»dan so‘ng milliy bojxona to‘lovlarini Yevropa ittifoqining boj stavkalariga moslashtirish rejasiga qarshi chiqishmoqda.

30 betlik hujjatda kelajakda «bojxona hamkorligi» yirik shartnomalar imzolanishiga to‘sqinlik qilishi mumkinligi aytilgan.

Bundan tashqari, qonun chiqaruvchilar loyihaning xarajati katta ekanidan ham hadiksirashayapti.

Bugun, 2-may kuni parlamentda «Brexit» shartlarini muhokama qilish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Avvalroq Yevropa kengashi raisi Donald Tusk «Brexit»dan so‘ng Buyuk Britaniyaga barcha mahsulotlarga nolga teng tarif bo‘yicha erkin savdo bitimini tuzish taklifi bilan chiqqan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring