Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buyuk Britaniya muhojirlar borasida talablarni kuchaytiradi

Buyuk Britaniya muhojirlar borasida talablarni kuchaytiradi

Britaniya ichki ishlar vaziri Jeyms Kleverlining aytishicha, vazirlik qirollikka qonuniy muhojirlar oqimini yiliga 300 ming kishiga kamaytirish uchun viza va ishlash ruxsatnomalarini olish qoidalarini kuchaytiradi.

U bu haqda Britaniya parlamenti Jamoalar palatasida ma’lum qilgan. 

«Men ishchi vizalarining ko‘payishini to‘xtatish va mehmondo‘stligimizdan foydalanmoqchi bo‘lganlarga qarshi qat’iy choralar ko‘rmoqdaman», dedi Kleverli.

Britaniya Ichki ishlar vazirligi rahbarining takliflari 2024-yilda kuchga kirishi kerak. Ular mamlakatdagi ish beruvchi mehnat vizasi uchun murojaat qilgan chet ellik xodimga to‘lashi kerak bo‘lgan eng kam ish haqini 50 foizga oshirishni nazarda tutadi.

Noyabr oxirida Britaniya Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Saymon Ridli Britaniya hukumatida mamlakatga kelgan 17 mingdan ortiq noqonuniy muhojirning qayerda ekanligi haqida ma’lumot yo‘qligini aytgandi.

O‘tgan yil davomida Britaniya rasmiylari 17 316 nafar noqonuniy muhojirning boshpana so‘rash bo‘yicha so‘rovlarini qabul qilmadi.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring