Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buyuk Britaniya bosh vaziri yashirincha uylandi

Buyuk Britaniya bosh vaziri yashirincha uylandi

Foto: «Tvzvezda.ru»

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson yashirin ravishda uzoq yillik sevgilisi 33 yoshli Kerri Saymonds bilan turmush qurdi. Bu haqda 29-may kuni Daily Mail xabar tarqatdi.

Shu tariqa, Jonson 199 yil ichida o‘z lavozimida turmush qurgan birinchi bosh vazirga aylandi. Bunday holat oxirgi marta «Liverpul»ning ikkinchi grafi Robert Benks Jenkinson 1822-yilda Meri Chesterga uylanganda sodir bo‘lgandi.

Gazetaning yozishicha, er-xotin Vestminster katolik cherkovida qasamyod qilishgan. Marosimda 30 nafar mehmon qatnashdi. Uni esa o‘tgan yili er-xotinning o‘g‘lini cho‘qintirgan Deniyel Xamfris olib bordi.

56 yoshli Jonson uchun bu uchinchi nikoh hisoblanadi. Er-xotin 2019-yil dekabr oyida turmush qurishdi. 2020-yil 29-aprelda ular Uilfred ismli o‘g‘il ko‘rdilar. Jonson uni koronavirusdan qutqargan shifokorlar nomi bilan atagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring