Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorolik tadbirkorlarga «havo yo‘llari»ni va’da qilgan uchar qo‘lga olindi

Buxorolik tadbirkorlarga «havo yo‘llari»ni va’da qilgan uchar qo‘lga olindi

Foto: Xabar.uz

Buxoro shahrida tadbirkor va fuqarolardan 51 000 AQSh dollari undirgan firibgar qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ma’lum bo‘lishicha, fuqaro J.T. uch nafar tadbirkorning ishonchiga kirib, ularga go‘yoki «O‘zbekiston havo yo‘llari» AJ bilan mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha hamda Chirchiq shahrida «laminat» ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan shartnomalar tuzib berishga va’da beradi. Evaziga esa jami 44 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi.

Ustasiga farqi yo‘q — havo yo‘llarimi, qurilishmi yoki mashina biznes... Muhimi, jaraq-jaraq pullar. Ma’lum bo‘lishicha, J.T. fuqarolar G‘. va U. larni ham tushirib ketgan ekan — jami 7 000 dollar. Navbatsiz «Lacetti» mashinasi olib beraman deb va’daning kattasini bergan. Endi jabrlanuvchilar pullarini qaytarib olish uchun navbatda...

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi departament xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring