Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroga shamol stansiyasi uchun Xitoydan ulkan turbinalar olib kelinmoqda (foto)

Buxoroga shamol stansiyasi uchun Xitoydan ulkan turbinalar olib kelinmoqda (foto)

Saudiya Arabistonining «ACWA Power» kompaniyasi tomonidan Buxoro viloyatining Peshku va G‘ijduvon tumanlarida har birining quvvati 500 MVtdan bo‘lgan 2 ta shamol elektr stansiyasi qurilmoqda.

Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, shamol elektr stansiyalari uchun Xitoydan shamol generator va turbinalar maxsus transport vositalari orqali olib kelinmoqda.

Xitoyning «Envision» kompaniyasi tomonidan ushbu stansiyalar uchun 158 ta turbina yetkazib beriladi.

Mazkur elektr stansiyalar 2024 yil yakunida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

«Stansiyalar to‘liq ishga tushirilgach, yiliga 3,6 mlrd kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida yiliga 1,1 mlrd metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi va atmosferaga 1 mln tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi», deyiladi vazirlik xabarida.

Ushbu yirik loyihalar Prezidentning 2021 yil 23 fevraldagi qarorlari asosida amalga oshirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring