Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorodagi tug‘ruqxonaga o‘g‘ri tushdi

Buxorodagi tug‘ruqxonaga o‘g‘ri tushdi

Illyustrativ foto.

Buxorodagi tug‘ruqxonalardan biriga o‘g‘rilikka tushib, bemorning pullarini o‘margan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda «Xabar.uz»ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Buxoro tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruq kompleksida statsionar tartibda muolaja olib davolanayotgan Sh.D. o‘ziga tegishli bo‘lgan sumkadan 1,5 million so‘m miqdoridagi pullarining noma’lum shaxs tomonidan o‘g‘irlanganini sezib qoladi. Va bu haqda zudlik bilan katta hamshiraga bildirgan.

Bemorning pullarini o‘g‘irlagan odamning shaxsi aniqlanmagach, bu haqda tuman tuman ichki  ishlar bo‘limiga murojaat qilingan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha bir qator tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan. Buning natijasida ushbu jinoyatni Buxoro tumanidagi «Quyi Chuqurak» mahallasida yashovchi, 22 yoshli S.A. ismli ayol sodir qilgani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, aybdor qo‘shni palatada davolanib kelgan va shu kuni muolajalarini yakunlab, o‘z uyiga qaytayotgan vaqtda, Sh.D.ning o‘z xonasida yo‘qligidan foydalanib, unga tegishli bo‘lgan pullarni o‘marib ketgan bo‘lgan.

Holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring