Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahar bedarvoza (emas): Buxoroda bezori guruh qo‘lga olindi

Shahar bedarvoza (emas): Buxoroda bezori guruh qo‘lga olindi

Illyustrativ foto.

Ko‘cha bezorilari, deganda ko‘pchilikning ko‘z oldiga yosh va tajribasiz shaxslar keladi. Zero, bu yoshdagilar ayni qiziqqon bo‘lishadi. Biroq, bu galgi bezorilikning yoshi kattalar tomonidan sodir etilgani, achinarli»,—deydi viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat  Jalolov «Xabar.uz»ga. 

Sodir etilgan ko‘cha bezoriligi holatiga ko‘ra, Buxoro shahrida yashovchi salkam 40 yoshli fuqaro A.Sh. 37 yoshli ukasi hamda 42 yoshli tanishi Ch.F.lar bilan bir guruh bo‘lib, «777» nomli avtomashinalarni yuvish shoxobchada janjal ko‘tarishgan.

Ular jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, 46 yoshli shoxobcha ishchisi H.N. bilan janjallashishgan. Janjal paytida unga tan jarohati yetkazib, bezorilik jinoyatini sodir qilishgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik), 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring