Buxorodagi ko‘chaga O‘ktam Barnoyev nomi berildi
Buxoro shahridagi Alpomish ko‘chasining nomi yurtimizning alpomishmand o‘g‘lonlaridan biri O‘ktam Barnoyev nomiga o‘zgartirildi. Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining o‘ttiz sakkizinchi sessiyasida bu taklif deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi, deb xabar bermoqda «Xalq so‘zi» muxbiri.
Xalq deputatlari shahar Kengashining sessiyasida shuningdek, G‘ijduvon ko‘chasini Buxoroning yana hokimi Karim Kamolov nomi bilan atash to‘g‘risidagi taklif qo‘llab-quvvatlangan.
Eslatib o‘tamiz, viloyatning har ikkala sobiq rahbari 2020 yilda koronavirus oqibatida vafot etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter