Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda yangi qurilayotgan yetti qavatli bino qulab tushgani xabar berildi

Buxoroda yangi qurilayotgan yetti qavatli bino qulab tushgani xabar berildi

Bugun, 29-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahri Nizomiy ko‘chasidagi endokrinologiya shifoxonasi yonida 7 qavatli bino qulab tushgani haqida xabarlar tarqaldi.

FVV ushbu ma’lumot yuzasidan bayonot berdi.  

Ma’lum qilinishicha, ixtisoslashgan tashkilotlar mutaxassislari yuqoridagi manzilga zudlik bilan yetib borgan. O‘rganish davomida tarqatilgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi aniqlangan, deyiladi xabarda.

27-dekabr kuni Ibn Sino ko‘chasida qurilayotgan 7 qavatli uyning 7-qavati oraliq qismida bo‘lgan 3 dona beton plita qulab tushgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring