Buxoroda transport boshqarmasi mansabdori ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departament, DXX va IIBning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish maqsadida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda Buxoro viloyati Transport boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sh.Q. 9 ta avtotransport vositasiga yo‘lovchi tashish uchun litsenziya olib berish evaziga tadbirkor O.dan 350 dollarni pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter