Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro yo‘lida bir necha kishi halok bo‘ldi

Buxoro yo‘lida bir necha kishi halok bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning 20-fevral kuni soat 22:10 larda Buxoro aeroporti tomonidan Kogon tumaniga ketish yo‘lida ayanchli YTH sodir bo‘ldi.

Qayd etilishicha, R.A. ismli shaxs o‘z boshqaruvida bo‘lgan «Kobalt» rusumli avtomashinasida yo‘lning 1-kilometriga yetganida, o‘zidan oldinda u bilan bir yo‘nalishda harakatlanib borayotgan, fuqaro J.Sh. boshqaruvidagi «Matiz» rusumli avtomashinaning orqa tomonidan urib yuborib, yo‘l transport hodisasi sodir qilgan.

Transport hodisasida Kobalt avtomashinasi qisqa tutashuv natijasida yonib ketgan.

Natijada «Matiz» avtomashinasi haydovchisi voqea joyida, og‘ir tan jarohati olgan «Matiz» yo‘lovchilari va «Kobalt» avtomashinasi yo‘lovchisi kasalxonada vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring