Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda qulagan qal’a devorini ta’mirlash uchun 1 mlrd so‘m ajratildi

Buxoroda qulagan qal’a devorini ta’mirlash uchun 1 mlrd so‘m ajratildi

Buxoro shahridagi «Talipoch qal’a darvozasi» chap tomonidagi qal’a devorining qulab tushgan qismini ta’mirlash uchun mablag‘ ajratildi. 

Buxoro viloyati Madaniy meros boshqarmasining ma’lum qilishicha, «Talipoch qal’a darvozasi»ni ta’mirlash uchun Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan 1 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.

Ob’yektni ta’mirlash-tiklash ishlari Madaniy meros ob’yektlari restavratsiyasi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Hozirda mas’ul soha mutasaddilari va mutaxassislar tomonidan ushbu ob’yektning loyiha oldi ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Talipoch qal’a darvozasi» chap tomonidagi qal’a devorining bir qismi 11 mart kuni yog‘ingarchilik tufayli qulab tushgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring