Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro viloyatida qishki ta’til 22-yanvargacha uzaytirildi

Buxoro viloyatida qishki ta’til 22-yanvargacha uzaytirildi

Foto: Xabar.uz

Buxoro viloyati hokimligining rasmiy telegram-kanali xabar berishicha, viloyat ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlari 23-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.

Joriy haftada ham ob-havoda pasayish kuzatilayotganligi, shuningdek, ota-onalarning talab va istaklarini inobatga olib, viloyatdagi maktabgacha, maktab va professional ta’lim muassasalari,  prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy o‘quv yurtlarida qishki ta’til 22-yanvarga qadar uzaytirildi, deyiladi xabarda.

Bungacha Buxoro viloyatidagi mavjud barcha darajadagi ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonlari 18-yanvardan boshlanishi belgilangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring