Buxoroda o‘zganing do‘konini 50 ming dollarga pullamoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi
Buxoroda o‘ziga tegishli bo‘lmagan savdo do‘konini 50.800 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd yetilishicha, Buxoro shahar «J.Ikromiy» mahallasida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan Q.O. Buxoro shahar «Istiqlol» mahallasida yashovchi, T.R. va «Guliston» mahallasida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan S.Sh. ismli ayollarga o‘zini aslida faoliyati tugatilgan «Shuhrat Baraka Ramzan» MChJ rahbari hamda «Mansurov Alisher» deb tanishtirib, ularga go‘yoki noturar joyni (savdo do‘koni) sotishni va’da qilib, soxta shartnoma hamda soxta pasport nusxasini taqdim qilish yo‘li bilan ularning ishonchiga kirib, jabrlanuvchilardan jami 50.800 AQSh dollarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritishga erishgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter