Buxoroda o‘ldirilgan o‘rdak va g‘ozlar yo‘l bo‘yiga osib ketildi

Holat yuzasidan viloyat ekologiya boshqarmasi izoh berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 23 dekabr kuni Buxoro viloyati «Sarmoy» MFY A-380 magistral yo‘l yoqasida joylashgan «KEMP» oshxonasi ro‘parasida o‘rdak va g‘ozlar o‘ldirilib, osib ketilgan.
O‘rganishlar davomida bu holat 2 nafar noma’lum fuqaro tomonidan amalga oshirilganligi aniqlangan.
Osib qo‘yilgan g‘ozlar «KEMP» oshxona rahbari D.X tomonidan o‘sha kunning o‘zida olib tashlangan.
«Huquqbuzarlarning shaxsiga oydinlik kiritish va amaldagi qonunchilik asosida chora ko‘rish uchun viloyat IIBga birlamchi hujjatlar taqdim etildi», – deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter