Buxoroda mansabdor pora bilan ushlandi
Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumanidagi 5-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi o‘z mavqeidan foydalanib, «Firibgarlik» jinoyatini sodir qilgan.
«Xabar.uz»ga ma’lum qilinishicha, mudira o‘z qo‘li ostida uslubchi vazifasida ishlovchi R.Sh. bilan bir guruh bo‘lib, tarbiyachi M.F.ni mansabdor tanishiga pora berish orqali unga «logoped» shtatini qo‘shimcha tarzda olib berishi evaziga 400 dollar pora talab qilgan.
Viloyat huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mudira o‘z xizmat xonasida talab qilingan pullarni olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan mansabdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Buxoroda o‘rmon xo‘jaligi direktori qo‘lga tushgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter