Buxoroda litsey o‘quvchisi do‘pposlandi
Joriy yilning 2-dekabr kuni soat 19:00da Buxoro viloyati Kogon shahrida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro F.R. B.Naqshband ko‘chasida joylashgan Buxoro Tibbiyot instituti qoshidagi Akademik litsey yotoqxonasida o‘zaro janjal oqibatida vaqtincha shu yotoqxonada yashovchi, 1-kurs o‘quvchisi 2003-yilda tug‘ilgan fuqaro D.N.ning qorin qismiga urib-tepib jarohat yetkazgan.
IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan. F.R. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter