Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda koronavirusga qarshi tibbiy maslahat hamda analitik markazlar ish boshladi

Buxoroda koronavirusga qarshi tibbiy maslahat hamda analitik markazlar ish boshladi

Joriy yilning 16-martidan boshlab, Buxoro hokimligida koronavirus infeksiyasining kirib kelishi oldini olish bo‘yicha maxsus shtab tuzilib, turli soha vakillaridan iborat mutaxassislar jalb etilgan. Biroq, fuqarolar o‘rtasida kasallik bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ularning o‘z murojaatlariga yetarli darajada javob olishmayotgani, bemorlar soni ko‘payib, hududda o‘lim holatlari ham sezilarli darajada ko‘tarila boshlagani maxsus shtab qo‘shimcha maslahat markazlarini tashkil etish zaruratini tug‘dirdi.

Shu nuqtayi nazardan, joriy yilning may oyidan boshlab, Buxoro davlat Tibbiyot instituti tomonidan Tibbiy maslahat ishchi guruhi tuzilgan. Mazkur ishchi guruh tomonidan fuqarolarga kasalliklar va ularning oldini olish bo‘yicha zaruriy tibbiy maslahatlar berilgan. 

10-iyundan pandemiya vaziyati yana izdan chiqib,  karantin qoidalari yanada qat’iylashtirilgach, mazkur Tibbiy maslahat ishchi guruhidan tashqari, Analitik markaz ham o‘z faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Bemorlarning son jihatdan oshayotgani, tashxis uchun talablar kuchayotgani laboratoriya markazlaridagi mavjud apparatlar quvvatining yetishmasligi, ya’ni zo‘riqishiga (nagruzka) sabab bo‘lmoqda.

- Hozir aholi o‘rtasida kasallik tashxisini o‘z vaqtida ololmaganlik bo‘yicha noroziliklar ko‘paygan,-deydi Nilufar Ahmedova,- bemorlar sonining ortayotgani, ulardan tashxis olish va natijalarini chiqarishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotganini inobatga olib, poliklinikalar oldida moslashtirilgan tibbiyot mashinalari xizmatini yo‘lga qo‘yish taklifini berdik. O‘sha joyning o‘zida bemor ko‘rikdan o‘tkaziladi va tashxis natijasiga qarab, davo choralari belgilanadi.

Aytish joizki, karantinga olingan va simptom alomati aniqlanmagan fuqarolar bugungi kunda uyda yotib davolanayapti. Bemorning ahvoli yengil ko‘rinishda qayd etilgan bo‘lsa ham potranajlar xizmati yo‘lga qo‘yilishi kerak. Biroq, murojaatlarga ko‘ra, potranaj xizmatining qoniqarli yo‘lga qo‘yilmagani, ularning o‘zini himoyalovchi maxsus kiyim-boshlar  bilan ta’minlanmagani muammolarning keyingi ko‘rinishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

SSV davlat xususiy sheriklik tibbiyot turizmni rivojlantirish bosh boshqarmasi viloyat hududiy bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Qorayevga ko‘ra, COVID-19ga chalinganlar hamda kasallikning alomatsiz shakli va yengil formasi bilan kasallanganlar sonining ko‘payayotgani potranaj xizmatining manzillarga biroz kechikib borishiga sabab bo‘lmoqda. Vaholanki, 1 nafar potranajning bir kunda 8 ta xonadonga xizmat ko‘rsatishi mo‘ljallangan, biroq ayni jarayonlarda bir hamshiraning 13 ta xonadondan 20 tagacha xonadonga xizmat ko‘rsatishiga to‘g‘ri kelmoqda.

- Viloyat bo‘yicha bir kunda 714 nafar shifokor va 2446 nafar hamshira 31034 ta xonadonda bo‘lib, 136 269 nafar aholi bilan suhbatda bo‘lgan. Bu mavsum boshidan buyon hozirga qadar 1 368 588 nafar aholi holidan xabar olinganini ko‘rsatadi,-deydi Ulug‘bek Qorayev.

Ma’lumotga ko‘ra, ayni paytda viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, viloyat kardiologiya dispanseri, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Kogon shahar tug‘ruq kompleksi hamda Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bemorlarga xizmat ko‘rsatishga moslashtirilgan.

Laylo Hayitova

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring