Buxoroda er-xotinning o‘zaro yozishmalarini tarqatish bilan «shantaj» qilgan shaxslar ushlandi
Buxoro shahrida 38 yoshli ayol va u bilan qonuniy nikohsiz yashab kelayotgan 30 yoshli erkak bir guruh bo‘lib, oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib, er-xotinning o‘zaro yozishmalari va fotosuratlarini boshqalarga tarqatishini aytib, «shantaj» qilgan.
Viloyat IIB bergan ma’lumotga ko‘ra, ta’magirlikda gumon qilinayotgan ayol 2021-2023 yillar davomida o‘ziga tegishli Buxoro shahar Pridastgir ko‘chasida joylashgan savdo do‘koniga mijoz sifatida kelib yurgan, Buxoro shahar Fayzobod ko‘chasida yashovchi 29 yoshli A.D. ismli ayol va uning qonuniy turmush o‘rtog‘i 33 yoshli M.F. larning Telegram messenjeridagi akkauntlarini birlashtirib, o‘zaro yozishgan ishqiy mazmundagi yozishmalari, almashinilgan foto va video yozuvlarini o‘ziga ko‘chirib olishga erishib, ushbu ma’lumotlarni ayolning oila a’zolariga ko‘rsatish bilan qo‘rqitib, 5000 AQSh dollari talab qiladi.
Jabrlanuvchilarning arizasi asosida Buxoro viloyati IIB jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu jinoiy guruh a’zolari tovlamachilik yo‘li bilan talab qilingan pullardan 3000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB tomonidan jinoiy guruhning a’zolari A.N. hamda N.F. larga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter