Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda bino tomlari uchib, daraxtlar quladi (foto)

Buxoroda bino tomlari uchib, daraxtlar quladi (foto)

Foto: FVV

Bugun respublikaning shimoliy tumanlariga navbatdagi nam havo oqimi kirib kelishi ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lib, yomg‘ir yog‘ishi xabar qilingandi. 

FVV xabariga ko‘ra, Buxoroda juda kuchli shamol kuzatilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotolarga ko‘ra shamol binolarni tomini uchirib yubormoqda.

Shuningdek, daraxtlar qulab, uning oqibatlarini bartaraf etish uchun favqulodda holatlar xizmatlari xodimlari ish olib bormoqda.

Navoiy viloyatida ham kuchli shamol natijasida daraxtlar uy tomlariga qulagan. Ayrim hududlarda elektr tarmog‘ida uzilishlar ro‘y bergan.

Bizga xabar berilishicha, kuchli shamol ayni paytda Samarqand viloyati hududiga kirib kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring