Buxoroda bankomatlar yongan. Viloyat FVB holat bo‘yicha ma’lumot berdi
Kecha, 4-sentyabr kuni Buxoro shahar Do‘stlik mahallasidagi «Tenge» bank ATBga tegishli bankomatlarda yong‘in sodir bo‘lgan.
Viloyat FVB bergan ma’lumotga ko‘ra, boshqarmaning navbatchilik qismiga bankomatlarda yong‘in kelib chiqqani to‘g‘risidagi xabar soat 20:14 da kelib tushgan.
Yong‘in oqibatida qurilmaning 24 kvadrat metr tom va devor plastik qoplamalari yongan. Voqea joyiga 2 ta qutqaruv avtoekipajlari jalb etilib, soat 20:17 da u yerga yetib borgan va 20:28 da to‘liq o‘chirilgan.
Shuningdek, yong‘indan bankomatlar qurilmasining 20 kvadrat metr maydoni va «Tenge» bankka qarashli bankomatlar to‘liq (4 dona) saqlab qolingan.
Birlamchi ma’lumotga ko‘ra yong‘inning kelib chiqish sababi elektr simlarining qisqa tutashuvi deb taxmin qilinmoqda.
Hozircha moddiy zarar aniqlanmagan. Yong‘in oqibatida fuqarolarning kuyish va tan jarohati olish holatlari kuzatilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter