Buxoroda bank mas’ul xodimi ushlandi
Xalq bankining Galaosiyo filialida pensiya va nafaqa tarqatish bo‘yicha buxgalter-nazoratchi lavozimida ishlagan xodim o‘zgalar nomiga olingan imtiyozli kreditlarni o‘zlashtirgan aniqlandi.
Shofirkon tumani «Jo‘sho‘ra» mahallasida yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan F.Sh. AT «Xalq banki»ning Galaosiyo filialida 2017-yildan 2022-yil oktyabr oyiga qadar pensiya va nafaqa tarqatish bo‘yicha buxgalter-nazoratchi lavozimida ishlab kelib, 2019-2022- yillar davomida fuqarolar — J.J., H.A., S.S. va N.O‘.larni aldab, ularning nomiga jami 61,7 mln. so‘mlik kredit mablag‘larini ajratilishiga erishib, kredit mablag‘larini o‘z shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter