Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda ayol ovchi miltig‘idan yaralandi

Buxoroda ayol ovchi miltig‘idan yaralandi

Buxoro viloyatining Olot tumanida o‘q otar qurolni saqlash va olib yurishi qoidalarini buzish og‘ir oqibatga olib keldi. Bu haqda viloyat IIB ma’lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, 19-oktyabr, chorshanba kuni taxminan soat 09:30 larda Olot tumani Davlatboy mahallasida yashovchi fuqaro turmush o‘rtog‘i bilan qo‘shnisi boshqaruvida bo‘lgan «Nexia-3» rusumli avtomashinasida Buxoro shahriga bormoqchi bo‘lgan.

Ayol avtomashinaning orqa o‘rindig‘iga o‘tirayotgan vaqtida, avtomashina egasi tomonidan orqa o‘rindiqda qoldirilgan o‘z nomiga rasmiylashtirilgan «TOZ-20» rusumli 20 kalibrli 2 nilli o‘qotar ov quroli, qurolni saqlash va olib yurish qoidalariga rioya qilinmaganligi sabali o‘z-o‘zidan otilib ketib, ayol ikkala oyoqlarining boldir suyaklari ochiq maydalanib sinishiga sabab bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 249-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatma!

Ov qurollari «Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi hamda ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun hamda boshqa normativ hujjatlar, shuningdek, tasdiqlangan yo‘riqnoma talablari asosida tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilib, saqlash va olib yurish bo‘yicha belgilangan qoidalarga qat’iy amal qilingan holatda egalik qilinishi kerak! 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring