Buxoroda 42 yoshli shaxsning uyidan qurollar chiqdi
Buxoro viloyati IIB axborot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Jondor tumanida yashovchi fuqaro xonadonidan jangovar o‘q otar qurollar turkumiga kiruvchi ov miltig‘i topilgan.
Ta’kidlanishicha, Jondor tumani IIB TQX JQB xodimlari tomonidan «Xavfsiz hudud« tezkor profilaktik tadbiri o‘tkazilgan. Tadbir davomida tumanda yashovchi, 42 yoshli J.M. ismli shaxsning qonunga xilof ravishda turli turkumdagi qurollarni o‘z xonadonida saqlab kelayotgani aniqlangan.
J.M.ga tegishli temir seyf ichidan 1959 yilda IJEVSK qurol zavodida ishlab chiqarilgan 28 kalibrli, silliq nilli va 5.6 mm kalibrli burama o‘yiqli, V-5526 raqamli qurol, «Ij-56-3» modelli ov miltig‘i hamda 9 dona 16 va 28 kalibrli patronlar, shuningdek, bir nechta jangovar o‘q otar qurollar turkumiga kiruvchi ov miltiqlari topilgan.
Tegishli ruxsatnomasiz, qonunga xilof ravishda saqlab kelinayotgan ushbu qurollar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan J.M. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 248-moddasi (O‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter