Buxoroda 21 yoshli shaxs mahalladoshini urib o‘ldirib qo‘ydi
Buxoro viloyati Kogon tumanida 21 yoshli shaxs mahalladoshini urib o‘ldirib qo‘ydi.
Tuman IIB bergan ma’lumotga ko‘ra, 2023-yil 29-may kuni soat 22:30 larda Sorg‘un mahallasida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan A.L. ismli shaxs tumanning B.Naqshband mahallasi Kulolon qishlog‘ida joylashgan sun’iy gilamli kichik futbol maydonchasida o‘zaro janjal ortidan bir kishining o‘limiga sabab bo‘lgan.
U futbol o‘yini vaqtida mahalladoshi, 1996-yilda tug‘ilgan H.O. ismli tanishi bilan janjallashib, janjal vaqtida uning yuz sohasi va tanasining duch kelgan joyiga urib tepib, sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Jabrlangan fuqaro olingan tan jarohati natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan A.L. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter