Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda 13 yoshli bolaga hujum qilgan uch kishi ushlandi

Buxoroda 13 yoshli bolaga hujum qilgan uch kishi ushlandi

Foto: Tergov departamenti

2022 yilning 4 mart kuni soat 22:30larda 3 nafar noma’lum shaxs Buxoro shahar I.Karimov ko‘chasidagi 44/5-uy oldida o‘tib ketayotgan voyaga yetmagan 13 yoshli A.A.ga hujum qilib, qo‘lida bo‘lgan 4.500.000 so‘mlik «Xiaomi 11 Lite 5G» rusumli telefon apparatini tortib olib, hodisa joyidan yashirinishgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyat 16 yoshli Q.N., 21 yoshli N.X. va X.X.lar tomonidan sodir etilganligi, talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan «Xiaomi 11 Lite 5G» rusumli telefon apparati esa Buxoro shahar Markaziy bozorida savdo qiluvchi fuqaroga 500.000 so‘mga sotib yuborilganligi aniqlanib, mazkur telefon apparati ushbu fuqarodan ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular protsessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring