Buxoroda 1 mlrd so‘mlik pirotexnika vositalarini olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi
Buxoroda fuqaro yuk mashinasiga 19 turdagi 7016 dona salyutlarni yuklab, ularn $83 mingga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlangan.
Qayd etilishicha, Buxoro shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvga olingan shaxs yuk avtotransport vositasiga ortilgan pirotexnika vositalarini 83 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 50 ming AQSh dollarini qabul qilib olayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olingan.
Shahardagi ov qurollarini sotish uchun mo‘ljallangan savdo do‘konidan yuk avtotransport vositasiga ortilgan ushbu pirotexnika vositalari ko‘zdan kechirilganida, 19 turdagi 7016 dona salyutlardan iborat ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ushbu holatda olib qo‘yilgan pirotexnika vositalarining umumiy qiymati 1 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda.
Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, mazkur salyutlar xavflilikning II klassiga tegishli bo‘lib, 2021 yilning 2 dekabridan e’tiboran jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston hududiga olib kirilishi, realizatsiya qilinishi va foydalanilishi taqiqlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter