Buxoro shahridagi uylardan birida chaqnash yuz berdi
![Buxoro shahridagi uylardan birida chaqnash yuz berdi](https://static.xabaruz.com/crop/7/6/720_460_95_761589743.jpg)
2-yanvar kuni Buxoro viloyati, Buxoro shahar, «Nizomiy» MFY, Mustaqillik ko‘chasida joylashgan 2 qavatli uyning xonadonlaridan birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi ro‘y bergan. Bu haqda FVV xabar bermoqda.
Chaqnash natijasida yong‘in sodir bo‘lmagan.
Hodisa natijasida xonadonning oshxona eshik romlari joyidan siljib, zararlangan. Chaqnash oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Voqea joyiga zudlik bilan viloyat FVB, IIB, SSB, Prokuratura, «Hududgazta’minot» va boshqa tegishli tashkilot xodimlari yetib borgan.
Hozirda sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan Buxoro shahar IIB tezkor tergov guruhi tomonidan surushtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter