Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro shahri ko‘chalarida infeksiyaga qarshi bannerlar o‘rnatilmoqda

Buxoro shahri ko‘chalarida infeksiyaga qarshi bannerlar o‘rnatilmoqda

Hozirgi kunda koronavirusning oldini olishga qaratilgan har qanday ommaviy targ‘ibot ahamiyatga ega.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda «Sintez» kreativ laboratoriyasi tomonidan tayyorlangan bannerlar birinchilardan bo‘lib Buxoroning jamoat joylari va katta ko‘chalarida ilindi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Buxoro viloyati hokimligida koronavirus infeksiyasining kirib kelishining oldini olish bo‘yicha tuzilgan Shtab kotibi Suhrob Nurov xabar berdi.

Unga ko‘ra, mazkur bannerlarda aholiga shu sinovli kunlarda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi muhrlangan.

-- Albatta, karantin davrida kerakli choralar qonun normalari bilan mustahkamlandi. Biroq bu yetarli emas. Vaholanki, faqatgina jazolash bilan maqsadga erishilmaydi. Ushbu bannerlar esa aholi ongiga ta’sir qilib, ularda karantinga rioya ko‘nikmasini yanada oshiradi,-dedi S. Nurov.

Bannerlar yagona usulda tayyorlangan bo‘lib, Buxoroning barcha reklama taxtalarida, LED ekranlarida namoyish etilmoqda.

Laylo Hayitova

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring