Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob
Buxoro haqida ko‘p narsa bilamiz, ammo bilganlarimizdan ko‘ra bilmaganlarimiz ko‘proq. U yerda nimalarni ko‘rish kerak? Nimalarga e’tibor berish kerak? Va bu safar qanchaga tushadi? Siz ko‘radigan videoda hammasi ko‘rsatiladi va hisoblab beriladi.
Transport
Buxoroning jo‘g‘rofiy imkoniyatlari keng, unga yurtimizning turli nuqtalaridan yetib borish imkoniyati mavjud. Misol uchun, Toshkentdan Buxorogacha bo‘lgan masofa avtomobilda harakatlansangiz 544 kilometrni tashkil qiladi. Poytaxtdan Buxoroga yo‘l yurish ancha qulay, poytaxtdan barcha turdagi transport vositalari mavjud.
Farg‘ona vodiysi, Toshkent shahri va viloyati aholisi Buxoro sari poytaxt orqali yurganlari ma’qul. Samolyot bir soatda Toshkentdan Buxoroga yetib oladi, narxi - 408 ming so‘mdan boshlanadi va 2 million so‘mgacha borishi mumkin. Qancha erta harakat qilsangiz, chipta narxi shuncha arzonga tushadi. Misol uchun, 408 ming so‘mlik chipta olish uchun kamida bir oy oldin harakat qilish lozim.
Poyezdda yo‘lga chiqadiganlar esa 243 ming so‘mdan 661 ming so‘mgacha xarajat qiladilar.
Afrosiyob poyezdi (4 soatu 13 daqiqada yetib boradi):
- Ekonom - 443 ming so‘m
- Biznes - 661 ming so‘m.
Sharq poyezdi (6 soatda yetib boradi):
- Ekonom - 246 ming so‘m
- Maxsus vagon - 425 ming so‘m
Andijon - Buxoro (7 soatdan ko‘proq yuradi):
- Ekonom 243 ming so‘m
- Kupe 346 ming
Shuningdek Buxoroga avtobusda ham borsa bo‘ladi, faqat sal ko‘proq yurasiz – 8 soatgacha. Ammo narxi ancha arzon – 150 000 so‘m. (barcha raqamlar vizual ko‘rsatilishi kerak)
Biz Buxoro safari bo‘yicha tayyorlagan ko‘rsatuvimizda bir qator savollarga javob topganmiz:
- Buxorodagi zindon qachon qurilgan?
- U yerda qanday mahbuslar saqlangan?
- Nima uchun 2 million aholisi bor davlat uchun 100 kishilik bitta zindon yetarli bo‘lgan?
- Zindon va misvokning qanday aloqasi bor?
- Buxorodagi choyxonalarning qanday vazifasi bo‘lgan?
- Nima uchun Buxoroda zindondan ko‘ra masjid va madrasalarga ehtiyoj kattaroq bo‘lgan?
- Nimaga aynan G‘ijduvonda turizm mahallasi bunyod etildi?
- G‘ijduvon qal’asi qanday mudofaa qilingan?
- Qal’aning tor ko‘chalarida janglar qanday olib borilgan?
Travel-shouni tomosha qilish asnosida shu va shunga o‘xshagan ko‘plab savollarga javob topasiz. O‘tkazib yubormang!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter