Bunyodkor stadioni oldida turgan mashina ichidan 27 yoshli yigitning jasadi topildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi Bunyodkor stadioni avtoturargohi oldida Gentra’da yuzi skotch bilan o‘ralgan odamning jasadi topilgani haqida xabar tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yilning 31 avgust kuni soat taxminan 18:00 larda 1996 yilda tug‘ilgan B.A. yashash manzilidan o‘z boshqaruvidagi qora rangli Gentra’da chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 1 cyentyabr soat 11:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasidagi futbol sport maydoni hududida joylashgan avtoturargohda Gentra’ning ichidan mazkur erkakning murdasi bosh yuz qismi bir necha qatlam polietilen paket bilan o‘ralgan holda topilgan.
Erkakning murdasi shubhali holda aniqlanganligi va bir qator dastlabki tergov harakatlari o‘tkazmasdan turib, qonuniy to‘xtamga kelish imkoni mavjud emasligini inobatga olib, JKning 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter