Bunaqa jomadonga 300 dan ko‘p kompyuter «sig‘adi» (foto)

Western Digital kompaniyasi ma’lumotlarni saqlash uchun noodatiy SSD-saqlagich chiqardi. Ultrastar Transporter sig‘imi — 368 terabayt, shakli esa g‘ildirakli jomadonni eslatadi. Solishtirish uchun: o‘rtamiyona kompyuterning xotira sig‘imi — 1 terabayt.

Bu shunchaki oddiy SSD emas, shuningdek, NAS hamdir. Apparat bazasi — 12 yadroli Xeon 4310, 128 Gb operativ xotira (RDIMM) bilan kuchaytirilgan. Qurilma va uni olib yurish uchun keys (jamlanmaga qo‘shib beriladi) jami 15 kg og‘irlikka ega, deb yozdi NotebookCheck.

Bunday ulkan xotira qurilmasi nafaqat geymerlar, balki suratga olish guruhlari, tadqiqotchilar, umuman, «tonnalab ma’lumotni o‘zi bilan olib yurishga majbur» sohalar vakillari uchun ayni mudda bo‘lishi mumkin.

Qizig‘i, qurilmaning narxini sir tutishyapti. Faqat olaman degan xaridorlar bilan gaplashisharkan. Bozorga qachon chiqishi noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter